Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta'mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash bo'yicha ma'lumot.
Jismony shaxslar.
Manzil: 100011 Toshkent sh.., Abay ko`chasi 6
Telefon: +998 (71) 244-27-54
+998 (71) 244-05-05
Web sayt: davarh.uz
Litsenziya talabgorining arizasi ko'rib chiqilganligi uchun O'zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig'im undiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o'n besh kundan ortiq bo'lmagan muddatda qabul qilinadi.
Litsenziya «Davarxitektqurilish» qo'mitasi tomonidan litsenziya talabgori tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to'langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Hujjatlar «Davarxitektqurilish» qo'mitasiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud olinganligi to'g'risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta'mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati bo'yicha litsenziya.
Litsenziya berish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to'g'risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko'rsatib o'tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko'rib chiqishga taqdim etishi uchun etarli bo'lgan muddat ko'rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtga mutanosib bo'lishi kerak.
Yuborilmoqda...