Xizmat haqida
Muomalaga layoqatsiz shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik belgilash uchun tuman hokimi nomiga arizani onlayn tarzda taqdim etish. Ushbu xizmatdan ID.UZ tizimida Passport ID maqomi bilan ro`yxatdan o`tgan, yoki elektron raqamli imzoga ega bo`lgan shaxslar foydalana oladilar.
Xizmatning sohaga tegishliligi
Ijtimoiy himoya
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi
Jismoniy shaxslar.
Tashkilot
Bog`lanish
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100000, Tоshkent shаhаr, Amir Temur shoh ko`chаsi, 3
Telefonlar: +998 (71) 237-0824, 239-0454, 233-4026, 239-0568
Veb-sayt: www.tashkent.uz
E-mail: info@tashkent.uz
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar
- Vasiy va vasiylikka olinayotgan shaxslarni pasport nusxalari;
- Vasiylikka olinayotgan fuqaroni tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi;
- Sud qarori nusxasi;
- Nogironligi to`g`risidagi ma'lumotnoma nusxasi;
- Vasiy va vasiylikka olinayotgan shaxslarning salomatligi haqidagi oilaviy klinika ma'lumotnomalari nusxalari;
- Vasiylikka olinayotgan shaxsning psixiatrik dispanserdan olingan ma'lumotnomasi nusxasi;
- Vasiylikka olinayotgan shaxsning teri-venerologik dispanseridan olingan ma'lumotnomasi nusxasi;
- Vasiylikka olinayotgan sil kasalligi dispanseridan olingan ma'lumotnomasi nusxasi;
- Vasiylikka olinayotgan shaxsning narkologik dispanserdan olingan ma'lumotnomasi nusxasi;
- Vasiy va vasiylikka olinayotgan shaxslarning ijtimoiy himoya organlaridan olingan ma'lumotnomalari nusxalari;
- Vasiy va vasiylikka olinayotgan shaxslarning turar joyidan barcha ro`yxatdan o`tgazilgan kishilar haqidagi ma'lumotlarini ham o`z ichiga olgan ma'lumotnomalari nusxalari (f-17);
- Vasiylikka olinayotgan shaxsning tuman sog`liqni saqlash bo`limi tomonidan berilgan turar joyni ko`rigdan o`tkazish haqidagi akti nusxasi;
- Vasiy va vasiylikka olinayotgan shaxslarning uyi/turar joyi rejasi nusxasi;
- Vasiylikka olinayotgan shaxsning ota-onasi vafoti haqidagi ma'lumotnoma nusxasi;
- Vasiyning oila a'zolari pasport nusxalari;
- Vasiy oilasining vasiylikni rasmiylashtirishga notarial tartibda tasdiqlangan roziligi nusxasi.
Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism).
O`zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to`g`risida nizom. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171-son qaroriga 2-ilova.
Xizmat narxi va to`lash tartibi
Bepul.
Xizmatni ko`rsatish muddati
15 ish kunidan 30 ish kunigacha bo'lgan vaqt mobaynida.
Natijani olish usullari
Elektron shaklda. Ariza beruvchi, o'z xohishiga binoan hokim qarorini qog'oz ko'rinishida ham olishi mumkin.
Xizmat natijasi
Hokim qarori nusxasini elektron hamda qog'oz shaklida olish yoki rad javobni olish.
Rad etish sabablari
- Xizmat reglamentida ko'zda tutilgan hujjatlarni taqdim etmaslik;
- Taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniy emasligi;
- Haqoratli va qo'llanilishi qabul qilinmagan so'zlar, hamda har xil reklamalar mavjud bo'lgan arizalar;
- Boshqa qonunga zid bo'lgan har qanday harakatlar.
Shikoyat arizasi berish tartibi
Ariza beruvchi rad javobini olgan holatida o'rnatilgan tartibda istalgan yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqiga ega.