Yagona portalda O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki fuqarolarni shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holati haqida ma’lumot olish yangi interaktiv davlat xizmati ishga tushirdi. Bu xizmatning afzalligi shundaki, so‘ralgan ma’lumotni uzoq kutish ehtiyoji yo‘q, chunki xizmat real vaqt rejimida taqdim etiladi.
Foydalanuvchilar ushbu xizmatdan Yagona portalda tunu-kun bepul tarzda foydalanishlari mumkin. Elektron ariza shaklini to‘ldirish jarayonida pasport va shaxsiy jamg‘arib boriladgan pensiya hisob varag‘i haqidagi ma’lumotlarni kiritish lozim.
Ushbu xizmatdan ERI kalitida shaxsiy identifikatsion raqami mavjud jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.
Yangi xizmatlarni taklif eting, ovoz bering va Yagona portaldagi xabarlarni kuzatib boring!
49285 marta ko`rilgan
Yuborilmoqda...