Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 5-bandidagi “d” kichik bandiga muvofiq fuqarolik holati aktlari qayd etilganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun 15 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
Shuningdek, 2012 yil 25 apreldagi “Gerbli guvohnoma shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yig‘imi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 119-son qaroriga muvofiq yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma bundan mustasno) eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida gerb yig‘imi undiriladi.
Soliq kodeksining 332-moddasiga fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat boji to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) xalq ta’limi organlari, balog‘atga yetmaganlar ishlari bo‘yicha
komissiyalar – yetim bolalarni va ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni bolalar muassasalariga va o‘quv yurtlariga yuborish uchun tug‘ilganlik to‘g‘risida takroriy guvohnomalar berganlik uchun;
2) jismoniy shaxslar – tug‘ilish, o‘lim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi o‘zgartirilgan hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan xatolar munosabati bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi hujjatlar yozuvlari o‘zgartirilgan, to‘ldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun;
3) jismoniy shaxslar – ularga belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb yoki ruhiy holatining buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar yoxud qilgan jinoyatlari uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori asosida guvohnomalar berganlik uchun;
4) jismoniy shaxslar – ularga reabilitatsiya qilingan qarindoshlarining vafot etganligi to‘g‘risidagi takroriy guvohnomalar berganlik yoki ilgari berilgan guvohnomalarni almashtirganlik uchun;
5) tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar – ularga takroriy guvohnomalar berganlik uchun.
Yuborilmoqda...