Qoidalarning 204-bandiga ko‘ra dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, ish yurituvida mavjud bo‘lgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDYo organlari va O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining so‘roviga ko‘ra beriladi (yuboriladi).
Fuqarolarga dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Zarur hollarda hokimlik, mudofaa ishlari bo‘limi, sog‘liqni saqlash, Bandlikka ko‘maklashish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limining vakillari ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish yoki taqqoslash maqsadida adliya boshqarmalarining ruxsati bilan dalolatnoma yozuvlaridan ayrim ma’lumotlarni ko‘chirib olishlari mumkin.
Amalga oshirilgan harakatlarning sirini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Yuborilmoqda...