Qoidalarning 198-bandiga asosan takroriy guvohnoma olishni xohlovchi shaxs dalolatnoma yozuvlarini qayd etgan FHDYo organiga bevosita yoki o‘zi yashab turgan joydagi FHDYo organi orqali murojaat qilishi mumkin.
Yashash joyidagi FHDYo organi orqali takroriy guvohnoma berish to‘g‘risidagi iltimos bilan murojaat etilganda arizani qabul qilgan FHDYo organi uni dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDYo organiga ijro uchun jo‘natadi.
Ariza beruvchi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDYo organiga murojaat etganda takroriy guvohnoma shu kuniyoq beriladi.
Pochta orqali kelib tushgan takroriy guvohnoma so‘ralgan arizalar shu kuni ijro etiladi va yo‘llanma xat bilan birgalikda FHDYo organiga jo‘natiladi va bir vaqtning o‘zida ariza beruvchiga guvohnoma jo‘natilgani haqida xabarnoma yuboriladi.
Arizada qayd etilgan dalolatnoma yozuvi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda FHDYo organi arizani o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi.
Harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxslarning takroriy guvohnomalari harbiy qismlarga jo‘natiladi.
Agar takroriy guvohnoma so‘rab murojaat etilgan FHDYo organida tegishli dalolatnoma yozuvi yo‘q bo‘lsa, FHDYo organi arizani va dalolatnoma yozuvi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani adliya boshqarmasining FHDYo arxiviga tegishli tekshiruv o‘tkazish va takroriy guvohnoma berish uchun jo‘natadi.
Yuborilmoqda...